2020 yil fevraldan Merit xususiy maktabiga asos soldik. 2023-yil fevralda jamoani tark etdim. O‘z loyihamni boshladim.
Bu vaqt davomida 7ta maktab, 2ta bog’cha ochdik. 2 200 dan oshiq o‘quvchi yig’dik. O‘sha payti O‘zbekistondagi eng katta maktablardan biri bo’ldik. Oldin qilinmagan ko’p ishlarni qildik. Natijalar oldik. Xatolar qildik. Ko’p narsa o‘rgandim.
Maktab ochishdan oldin qilinishi mumkin bo’lgan eng katta xatolarni yig’ib darslik qildik. Yangi ochgan yoki endi ochmoqchi bo’lganlarga ancha foydali bo’ladi degan umiddamiz.
Maktab g‘oyasi, binosi, joylashuvi, daromadi, sherik olish, investitsiya, o‘quvchi yig’ish, marketingi, o‘qituvchi tanlash, ular bilan ishlash natijaga qanday olib chiqishdagi eng katta xatolar haqida gapirib o‘tdik. Zero xatolardan qochsak, maktabimiz yaxshi bo’lishi ehtimoli oshadi.
To’liq mavzular bilan tanishmoqchi bo’lsangiz maydalangan holatda hammasi bu yerda:
Demak, rejamiz mana bunday: Videodarslikni sotib olganlarni bitta guruhga qo’shamiz. Videodarslik o‘sha guruhda bo‘ladi. Yana savollar tug’ilgan taqdirda hammasini yig’ib bitta uzun darslik qilamiz. Qisqa savollarga guruhni o’zida ovozli qilib javob berib qo’yaveramiz.
Videodarslik narxi: 5 000 000 so’m |
---|
Sotuvlar soni 112 taga yetganda sotishni to’xtatamiz. Yangi mijozga sotilmaydi. Buning ikkita sababi bor. 1) Raqobatdoshlaringizni hammasi biladigan narsa, bilishga arzimaydi. 2) Videodarslik Merit maktabining qolib ketgan qarzlarini to’lab berish uchun sotilyapti. Bizga ortiqchasi kerak bo’lmaydi.
Sotib olish uchun https://t.me/alijanov_ibrohim ga bog’laning.